«Mijoz ishonchi — bizning eng qimmatli kapitalimiz»
2016-yilda, O‘zbekiston qurilish sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda, mening qurilish va ichki pardoz ishlari yo‘nalishidagi professional faoliyatim boshlandi. O‘shandayoq bozorda zamonaviy, innovatsion va haqiqatan ham sifatli dekorativ materiallar yetishmayotgani yaqqol ko‘rinardi. Aynan shu ehtiyoj bizning yo‘nalishimizni belgiladi: milliy, raqobatbardosh va uzoq xizmat qiladigan mahsulot yaratish.
Bugun, to‘qqiz yillik tajribaga tayangan holda, biz bozorga nafaqat yuqori sifatli dekorativ qoplamalarni taklif etamiz, balki pardoz ishlarini professional darajada bajarib, natijani kafolatlay oladigan jamoa sifatida ham faoliyat yuritamiz. Har bir obyekt biz uchun shunchaki loyiha emas. Bu — ishonch sinovi, va biz doimo mijozlarimiz kutganidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatishga intilamiz.